AVTOMOBILSOZLIK SANOATINING RIVOJLANISHI VA DVIGATEL ISHLAB CHIQARISH ISTIQBOLLARI

Abstract

Ushbu maqolada avtomobilsozlik sanoati zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. U nafaqat transport vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, balki boshqa ko‘plab sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga ham kuchli turtki beradi. Avtomobilsozlik mamlakatning sanoat salohiyatini belgilaydigan asosiy omillardan biri bo‘lib, uning rivojlanishi iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish va texnologik taraqqiyot bilan bevosita bog‘liqdir.

Avtomobilsozlik sanoati ko‘p tarmoqli tizim bo‘lib, u metallurgiya, neft-kimyo, to‘qimachilik, rezina-texnika, asbobsozlik, elektrotexnika va elektronika sanoatlari bilan chambarchas bog‘liq holda faoliyat yuritadi. Birgina avtomobil ishlab chiqarish sohasidagi bir ish o‘rni boshqa sohalarda kamida sakkizta ish o‘rni yaratilishiga xizmat qiladi. Bu esa uning multiplikativ iqtisodiy ta’sirini yaqqol ko‘rsatadi.

PDF