AVTOMOBILLARDA SOVUTISH AGENTLARINI TADQIQ QILISH

Abstract

Hozirgi kunda global ekologik muammolar ichida eng dolzarb masalalardan biri - bu iqlim o‘zgarishi va uning asosiy sabablaridan biri bo‘lgan issiqxona gazlarining ortib borishidir. Ayniqsa, sovutish va konditsioner tizimlarida qo‘llaniladigan, sovutish agentlari ushbu jarayonga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, Global isish potensiali (Global Warming Potential - GWP) tushunchasi muhim ilmiy, amaliy ahamiyat kasb etadi. Global isish potensiali — bu ma’lum bir gazning atmosferada issiqlikni ushlab qolish qobiliyatini, ya’ni uning iqlim o‘zgarishiga qo‘shgan hissasini baholovchi ko‘rsatkichdir. So‘nggi yillarda ekologik talablarning kuchayishi, xususan, xalqaro miqyosdagi Kyoto Protocol va Paris Agreement kabi bitimlar qabul qilinishi natijasida yuqori GWP ga ega moddalardan bosqichma-bosqich voz kechish siyosati amalga oshirilmoqda. Shu bois, zamonaviy sovutish texnologiyalarini rivojlantirishda asosiy vazifalardan biri - past GWP ga ega, bir vaqtning o‘zida, yuqori energiya samaradorligini ta’minlay oladigan, sovutish agentlarini ishlab chiqish va joriy etishdan iboratdir. Mazkur ishda sovutish agentlarining global isishga ta’siri, ularning dolzarbligi hamda R134a va R1234yf misolida ekologik va texnik ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi [2].

PDF