Abstract
Mazkur maqolada quyma ishlab chiqarishda ishlatiladigan qum-qolip aralashmalarini regeneratsiya qilish texnologiyalarining ilmiy-texnik asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Quyish jarayonida yuqori harorat va mexanik ta’sir natijasida o‘z xossalarini yo‘qotgan kvarts qumi hamda bog‘lovchi moddalarning qoldiqlarini qayta tiklash muammolari ko‘rib chiqilgan. Ishlatilgan aralashmalarni chiqindi sifatida utilizatsiya qilish iqtisodiy va ekologik jihatdan salbiy oqibatlarga olib kelishi asoslab berilgan