Abstract
Bugungi kunda avtomobil sanoatida energiya samaradorligini oshirish, yoqilg‘i sarfini kamaytirish hamda ekologik talablarni bajarish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu sababli avtomobil konstruktsiyalarida yengil va yuqori mustahkam materiallardan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunday materiallar orasida alyuminiy qotishmalari alohida ahamiyat kasb etadi. Alyuminiy qotishmalari past zichlik, yuqori korroziyabardoshlik va yaxshi mexanik xususiyatlarga egaligi sababli avtomobil sanoatida keng qo‘llaniladi [1].
Yengil avtomobil detallarini ishlab chiqarishda alyuminiy qotishmalaridan foydalanish transport vositasining umumiy massasini kamaytirishga xizmat qiladi. Natijada avtomobilning yoqilg‘i tejamkorligi oshadi va atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdori kamayadi. Shu bilan birga, avtomobil xavfsizligini ta’minlash uchun alyuminiy qotishmalarining mexanik xususiyatlari yetarli darajada yuqori bo‘lishi talab etiladi [2].