PUK VA ORGANO-FOSFONAT TA’SIRIDA TEXNIK SELLYULOZA OLISH JARAYONINING OPTIMALLASHTIRILISHI

Abstract

Texnik sellyuloza ishlab chiqarish jarayonida Oqartirish (bleaching) bosqichi alohida o‘rin tutadi. Oqartirish jarayoni orqali ligninning qolgan qismi oksidlanib parchalanadi, natijada sellyulozaning rangi ochadi va uning fizik-kimyoviy xossalari yaxshilanadi. Zamonaviy Oqartirish texnologiyalarida ekologik jihatdan xavfsiz oksidlovchi tizimlar, xususan peroksid asosidagi reagentlar keng qo‘llaniladi. Peroksidli Oqartirish tizimlari yuqori selektivlikka ega bo‘lib, ligninni samarali parchalaydi va sellyuloza zanjirining degradatsiyasini minimal darajada saqlaydi. Biroq, oksidlovchi muhitda sellyulozaning ham qisman parchalanish ehtimoli mavjud bo‘lib, bu yakuniy mahsulot chiqishini kamaytirishi mumkin. Shu sababli Oqartirish jarayonini optimallashtirish muhim hisoblanadi.

PDF