CHERVYAKLI VAL DETALLARINI MEXANIK ISHLASH TEXNOLOGIYASINI YARATISH VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Abstract

Chervyakli vallarga turli sohalarda, xususan, avtomobil sanoati, maxsus texnikalar ishlab chiqarish, burg‘ilash mashinalarida, yuk ko‘tarish mexanizmlari va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda ehtiyoj mavjud. Chervyakli valni tayyorlashda eng muhim mezon — bu aniqlik va texnologik talablarga rioya qilishdir. Zero, mexanizm ishining afzalligi aylantiruvchi momentni aniq uzatish va ravon ishlashi bilan belgilanadi. Agar aniqlikka rioya etilmasa, ish paytida kuchli shovqin paydo bo‘lishi, detalning tez yeyilishi va chervyakli juftlikning tiqilib qolishi xavfi ortadi [1-3]. Shuning uchun, chervyakli vallarni ishlab chiqarishda yuqori aniqlikdagi zamonaviy dastgoh, moslama hamda kesuvchi asboblardan foydalanishni taqazzo etadi.

PDF