Peroli parmalar bilan parmalashda teshikning aniqligi va yuzaning g‘adir-budurligiga asbob tebranishlarining ta’siri

Abstract

Mashinasozlikda detallarning tutashish joylarida teshiklarning aniqligi va ularning yuzasining tozaligi mexanizmning uzoq muddat xizmat qilishini belgilovchi asosiy omillardan hisoblanadi. TTZ-AJda ishlab chiqariladigan traktor agregatlarining ko‘plab detallari yuqori aniqlikdagi teshiklarni talab qiladi. Qiyin ishlov beriladigan materiallarni (legirlangan po‘latlar) peroli parmalar bilan teshishda asbobning konstruktiv tuzilishi (uzunligi va nisbatan kamroq tayanch yuzasi) sababli dinamik tebranishlar yuzaga keladi.

PDF