Abstract
Zamonaviy avtomobilsozlikda material tanlash masalasi transport vositalarining ekspluatatsion xususiyatlarini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Ayniqsa, energiya samaradorligi, ekologik barqarorlik va xavfsizlik talablarining ortib borishi yangi avlod materiallarini izlashni taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, bazalt tolasi asosidagi materiallar materialshunoslikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Bazalt tolasi tabiiy vulqon jinslari - bazaltni 1400–1500 °C haroratda eritish va undan uzluksiz tolalar hosil qilish orqali olinadi [1].