SUYUQLIK-SUYUQLIK TIZIMIDA ISHLOVCHI ISSIQLIK ALMASHINISH APPARATINING ENTROPIK TAHLILI

Abstract

Sanoatning turli sohalari jadal sur’atlar bilan rivojlanishi issiqlik almashinish apparatlarining keng miqyosda qo’llanilishi va ularga qo’yiladigan talablarni ortishi bilan belgilanadi. Shu bilan birga bu turdagi qurilmalarning tashqi o’lchamlari va massasini kamaytirish, hamda energiya sarfini tejash eng dolzarb muammo bo’lib hisoblanib kelinmoqda. Bundan tashqari, ayrim hollarda temperaturalar farqini va devor temperaturasini pasaytirish lozim bo’ladi.

Kontakt va regenerativ turdagi qurilmalar amalda keng qo'llanilmayapti. Texnologiyaning turli sohalarida ishlatiladigan issiqlik almashinish apparatlarining asosiy turlari hali ham qayta ko'rib chiqiladigan qurilmalar bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarida kelib chiqayotgan muammolarni hal qilish uchun bir qancha ishlar olib borilmoqda, shulardan biri issiqlik almashinish apparatlarida trubalarni turbulizatsiya qilish yo’li ya’ni silliq trubani, nakatkalangan truba ko’rinishiga keltirishdir.

PDF