SPIRAL PARMA GEOMETRIK PARAMETRLARINING YUPQA QALINLIKDAGI MATERIALLARNI PARMALASH JARAYONIGA TA’SIRI

Abstract

Mashinasozlik sanoatida metall materiallarga mexanik ishlov berish jarayonlari orasida parmalash operatsiyasi eng muhim texnologik bosqichlardan biri hisoblanadi. Parmalash yordamida turli diametr va chuqurlikdagi teshiklar hosil qilinadi va bu operatsiya ko‘plab texnologik jarayonlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Ayniqsa, kichik qalinlikdagi metall detallarni parmalash jarayoni ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Biroq, yupqa listli materiallarni parmalash jarayoni bir qator texnologik qiyinchiliklar bilan tavsiflanadi, xususan: zagotovkaning deformatsiyalanishi, teshikdan chiqishda g‘adir-budurliklarning hosil bo‘lishi va kesish kuchlarining ortishi. Spiralsimon parmalar bilan ishlov berishda bu muammolar ko‘p jihatdan parmaning geometrik parametrlariga bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, kesuvchi qirralarning shakli, uchining burchagi, spiralining burchagi va o‘zagining qalinligi kesish jarayonining samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, markaziy zonada kesish jarayonining o‘ziga xosligi tufayli, ayniqsa yupqa materiallarni parmalashda, o‘q bo‘ylab kesish kuchi ortadi [1]. Shuning uchun spiralsimon parmaning geometriyasini takomillashtirish va uni yupqa qalinlikdagi materiallarga moslashtirish dolzarb ilmiy masala hisoblanadi.

PDF