SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN ADAPTIV BOSHQARUV ALGORITMLARI ORQALI TARMOQQA ULANADIGAN INVERTORLARNI BOSHQARISH

Abstract

      Zamonaviy ishlab chiqarish rivojlanayotgan hozirgi davrda global energetika tizimi tubdan o‘zgarish jarayonini boshidan kechirmoqda. Bu vaziyatda biz qayta tiklanuvchi energiyalardan foydalanish orqali energiya tanqisligi muammolariga qisman yechim topishimiz mumkin. "Yashil energetika"ga o‘tish va iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash doirasida an’anaviy qazilma yoqilg‘ilardan voz kechilib, quyosh  va shamol kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo‘lgan e’tibor keskin ortib bormoqda. An’anaviy issiqlik yoki gidroelektr stansiyalaridan farqli o‘laroq, quyosh va shamol energiyasi stoxastik (tasodifiy) xarakterga ega ya`ni quyosh panellarining quvvati vaqt birliklari davomida quyosh panellariga tushadigan radiatsiya darajasiga, shamol generatorlariniki esa shamol tezligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Va asosiy muammo shundaki vaqt davomida tizimda kuchlanish va chastotalarning tebranishi, tarmoqda energiya talab va taklifning o`rtasidagi muvozanat buzilishidir. Bu jarayonda tarmoqqa ulanadigan invertorlar asosiy bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektr tarmog‘i o‘rtasida energiya oqimini boshqaradi. Tarmoqqa ulanadigan invertor — bu qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan o‘zgarmas tokni (DC) tarmoq standarti talablariga mos keladigan o‘zgaruvchan tokka (AC) aylantiruvchi murakkab elektron qurilma. Invertorning asosiy vazifasi tarmoq bilan sinxron ishlash va energiyani uzatish. Invertor o`ziga kelayotgan energiya oqimini tarmoqqa moslashtirgan holda uzatishni nazorat qiladi.   

PDF