Abstract
Bugungi kunda bojxona tizimida xavfni boshqarish yo’lak mexanizmi orqali amalga oshiriladi: yashil yo‘lak (hujjatli tekshiruv), sariq yo‘lak (qo‘shimcha tekshiruv) va qizil yo‘lak (to‘liq jismoniy tekshiruv). Vakolatli iqtisodiy operator (VIO) maqomi ushbu yo’lak taqsimotiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy institutsional vosita hisoblanadi. Ushbu tezis ikkita yirik korxona - VIO maqomiga ega “UZAUTO MOTORS POWETRAIN” AJ (VIO: 04.07.2025) va VIO maqomisiz “OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI” AJ - bojxona ma’lumotlarini taqqoslash orqali maqomning amaliy samarasini baholaydi.