Abstract
Burg'ulash jarayonlarini boshqarish va texnologik parametrlarni optimallashtirish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar o'nlab yillar davomida ishlab chiqilmoqda. Bunday tizimlar burg'ulovchining ishini soddalashtiradi, favqulodda vaziyatlar sonini kamaytiradi va burg’ulash instrumentining ishlashini oqilona qiladi [3]. Quduqlarni qurish paytida texnologik parametrlarni optimallashtirish elektr energiyasi iste'moli xarajatlarini, avariyalar tufayli ishlamay qolish vaqtini va ularni bartaraf etish bilan bog'liq xarajatlarni kamaytiradi.