Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek ma’rifatparvar adabiyoti namoyandalaridan biri — Is’hoqxon Ibrat asarlarining o‘rganilish tarixi, ularning ilmiy-tadqiqiy jihatdan tahlil qilinishi va adabiyotshunoslikdagi o‘rni yoritib beriladi. Unda adib merosining turli davrlarda baholanishi, sovet davri va mustaqillik yillaridagi tadqiqotlar qiyosiy tahlil asosida ko‘rib chiqiladi.
Maqolada Ibratning ma’rifatparvarlik, jadidchilik, tilshunoslik va tarixnavislik yo‘nalishidagi faoliyati, uning asarlari nashri va ilmiy muomalaga kiritilishi jarayoni haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, olim va tadqiqotchilarning Ibrat ijodiga bo‘lgan munosabati, uning adabiy merosini o‘rganishdagi yutuq va kamchiliklar tahlil etiladi.
Maqola yakunida Ibrat asarlarini yanada chuqurroq o‘rganish, ularni keng jamoatchilikka yetkazish hamda ilmiy izlanishlarni davom ettirish zarurligi asoslab beriladi.