Abstract
Ushbu maqolada o‘quvchilarga zamonaviy dasturlash tillarini o‘qitishda grafik funksiyalardan foydalanishning didaktik va metodik jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Python, JavaScript, Scratch va VPython kabi texnologiyalarning grafik kutubxonalari (Turtle, Pygame, Matplotlib, Processing.js) o‘quvchilarning algoritmik tafakkuri, mantiqiy fikrlashi, motivatsiyasi va kognitiv yuklamasiga ko‘rsatadigan ta’siri eksperimental ravishda o‘rganildi. Tajriba-sinov ishlari natijalariga ko‘ra, grafik funksiyalar asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning algoritmik fikrlash darajasini 23%, motivatsiyasini 41% ga oshirgan, kognitiv yuklamani esa sezilarli ravishda kamaytirgan. Maqolada grafik modellashtirishning ta’limiy afzalliklari, o‘qitish jarayonidagi metodik yondashuvlar, STEM integratsiyasining imkoniyatlari hamda o‘quvchilar uchun moslashtirilgan loyihaviy yondashuvlar yoritilgan.