Abstract
Ushbu maqolada avtomobil sanoatida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning ahamiyati, uning ishlab chiqarish samaradorligi va sifatini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda avtomatlashtirish texnologiyalari, xususan, robotlashtirilgan tizimlar, sun’iy intellekt, raqamli tvins (digital twin) va IoT texnologiyalari ishlab chiqarish jarayonlarini yanada optimallashtirishga xizmat qilmoqda. Maqolada ishlab chiqarishning avtomatlashtirish bosqichlari, asosiy texnologik yechimlar va ularning avtomobil sanoatidagi amaliy natijalari ko‘rsatib berilgan.