Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalarining raqamli salohiyati chuqur tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya jarayonida kimyo sanoati subyektlarining texnologik imkoniyatlari, axborot xavfsizligi, raqamli ko‘nikmalar va boshqaruv tizimlari integratsiyasi kabi omillarni baholash zaruriyati ortib bormoqda. Tadqiqot doirasida sanoat korxonalarining raqamli salohiyatini aniqlash uchun indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan va baholash usuli asosida tahlil o‘tkazilgan. RSI – raqamli salohiyat indeksini hisoblash orqali korxonalar holati tahlil qilinadi va real vaziyatga asoslangan takliflar ishlab chiqiladi.