Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston sanoat korxonalarida raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish jarayonlari statistik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqot davomida deskriptiv statistika, korrelatsion va regressiya tahlil metodlari yordamida raqamlashtirish darajasi, innovatsiyalarni joriy etish hajmi va ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri baholangan. Shuningdek, moliyaviy resurslar yetishmovchiligi, malakali kadrlar taqchilligi va raqamli infratuzilmaning rivojlanmaganligi jarayonni sekinlashtiruvchi omillar sifatida aniqlangan.