Abstract
Tezisda fizika ta’limida raqamli vositalar, jumladan virtual laboratoriyalarning bo‘lajak o‘qituvchilar tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy asoslari va mahalliy olimlarning ilmiy tadqiqotlari kontekstida tahlil qilinadi. Tadqiqotchilik kompetensiyasining motivatsion, kognitiv va operatsion-tadqiqot komponentlari raqamli ta’lim vositalari bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi.