FARG‘ONA VILOYATI TARIXI VA MADANIYATI DAVLAT MUZEYI FONDIDAGI “KOMMUNA” GAZETASI – TARIX VA TARG‘IBOT UYG‘UNLIGI (1938-1991-YILLAR)
PDF

Keywords

davriy matbuot, “Kommuna” gazetasi, muzey gazeta fondi, iqtisodiy targ‘ibot, paxta yakkahokimligi, tashqi siyosat, sovet mafkurasi, Farg‘ona viloyati.

Abstract

Maqolada Farg‘ona viloyatining ijtimoiy-siyosiy nashri bo‘lgan “Kommuna” gazetasi (1938-1991-yillar) sahifalarida sovet davlatining iqtisodiy targ‘iboti va tashqi siyosiy yo‘nalishlarining yoritilishi masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi gazeta fondida saqlanayotgan gazetaning asl nusxalari — fondda mazkur nashrning barcha yillik sonlari to‘liq holda mavjud — asosida olib borilgan. Muallif ushbu manbalarni bevosita fond materiallari bilan ishlash jarayonida o‘rgangan. Tahlil natijasida gazeta sahifalarida paxta yakkahokimligi, sotsialistik musobaqa va “mingchilar harakati” kabi targ‘ibot shakllari, shuningdek, “sovuq urush” davri xalqaro voqealarining sovet mafkurasi nuqtai nazaridan taqdim etilishi aniqlangan.

PDF