Abstract
Tadqiqotning maqsadi Chinoz tumani misolida suv fondi yerlarini muntazam kuzatish uchun dala o‘lchovlari, dron tasvirlari, QGIS va HydroGIS platformasini birlashtiradigan raqamli monitoring mexanizmini ishlab chiqishdan iborat. Taklif etilgan mexanizm besh bosqichni qamrab oladi: GNSS asosidagi dala tadqiqoti, dron yordamida aerofotosuratga olish, QGISda ortofotoplan va o‘zgarishlar qatlamini yaratish, HydroGISda elektron pasport yuritish hamda tekshirilgan maʼlumotlarni Suv xo‘jaligi vazirligi axborot tizimi bilan almashish. Tahlil anʼanaviy va dron monitoringining yigirmata mezon bo‘yicha imkoniyatlari va cheklovlarini ko‘rsatdi. Eng maqbul yechim dronni muammoli hududni tez aniqlash, dala, geodezik, kadastr va laboratoriya tekshiruvlarini esa natijani tasdiqlash vositasi sifatida qo‘llashdir. Mazkur yondashuv monitoringning tezkorligi, izchilligi va maʼlumotlar kuzatuvchanligini oshiradi.