Abstract
Ushbu maqolada milliy qo‘shiqchilikda ovoz diapazonining ahamiyati, uning ijrochilik san’atidagi roli va turli janrlardagi o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Maqolada maqom, folklor va estrada qo‘shiqchiligi misolida ovoz diapazoniga qo‘yiladigan talablar yoritilib, uni kengaytirish va mustahkamlash uchun samarali vokal mashqlari tavsiya etilgan. Shuningdek, ovoz diapazonining ijro mahorati va san’atkorning ijodiy faoliyatiga ta’siri batafsil ko‘rib chiqilgan. Ushbu maqola milliy qo‘shiqchilik bilan shug‘ullanuvchi ijrochilar, pedagoglar va musiqashunoslar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.