Abstract
Ushbu tezisda migratsiya jarayonining shaxs, oila va jamiyat hayotiga ta’siri hamda uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Migratsiya zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan global jarayonlardan biri bo‘lib, uning asosiy ko‘rinishlaridan biri mehnat migratsiyasidir. Shuningdek, ta’lim olish, kasb egallash va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladigan migratsiya jarayonlari ham ko‘rib chiqiladi. Tezisda migratsiyaning oilaviy munosabatlar, er-xotin o‘rtasidagi hissiy aloqalar va farzandlarning ijtimoiy-psixologik holatiga ta’siri yoritiladi.