Abstract
Maqolada tarvuzni qayta ishlash jarayonida hosil bo'ladigan po‘st, urug‘ va sharbat qoldiqlarini funksional mahsulotlarga aylantirish yo‘nalishining jahon miqyosidagi ilmiy yondashuvlari qiyosiy tahlil qilingan, sohaning global bozor ko'lami va O‘zbekiston uchun tutgan strategik o'rni aniq manbalarga tayangan holda baholangan. Maqola quyida taqdim etiladigan ikki mustaqil tadqiqot yo‘nalishi — qattiq fraksiyadan (po‘st, urug‘) va suyuq fraksiyadan (sharbat) funksional komponentlar olish — uchun umumiy ilmiy-iqtisodiy zaminni shakllantiradi.